Tramp 2024 yil uchun rejalarini hali e’lon qilmoqchi emas

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp hozircha 2024 yildagi prezidentlik saylovlarida qatnashish rejasi haqida e’lon qilmaydi. Bu haqda "Axios" xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Tramp kelasi saylovlarda qatnashish rejasi haqida saylangan Prezident Jo Baydenning inauguratsiyasi kunigacha e’lon qilmoqchi emas. 

Ta’kidlanganidek, agar Tramp inauguratsiya kunidan oldin o‘z rejalarini ma’lum qilsa, unda bu Trampning joriy yilda o‘tkazilgan saylov natijalarini bekor qilish uchun kurashdan voz kechganini ko‘rsatadi.

Manbaga ko‘ra, Tramp 2024 yildagi prezidentlik saylovlarida qatnashish imkoniyatini saqlab qolmoqchi bo‘lsa-da, bu bo‘yicha aniq qarorga kelmagan.

Eslatib o‘tamiz, Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Bayden, AQSH Saylovchilar kollegiyasining ovozlariga ko‘ra, joriy yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. AQSH Konstitutsiyasiga muvofiq, Saylovchilar kollegiyasidagi ovoz berish natijalari 6 yanvar kuni Kongress tomonidan tasdiqlanadi. 

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Tramp hali ham mag‘lubiyatini tan olmayapti va saylov natijalariga sud orqali qarshi chiqishga harakat qilmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp saylovlar

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing