Tramp hukumat xodimlariga 8 oylik maoshi evaziga iste’fo taklif qildi
Olam
−
29 yanvar
5464AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati federal hukumat xodimlariga ish haqini shu yilning sentyabr oyi oxirigacha, ya’ni sakkiz oygacha to‘lash evaziga iste’foga chiqishni taklif qildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
AQSH Xodimlarni boshqarish xizmatining ma’lum qilishicha, shunday taklif bilan xat kecha, 28 yanvar kuni yuborilgan. Bu imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lgan davlat xizmatchilari joriy yil 6 fevralgacha Oq uyni xabardor qilishi kerak.
Bayonotda, shuningdek, aksariyat federal idoralar o‘z ishini qayta qurish va qayta tashkil etish doirasida xodimlarni ishdan bo‘shatishi aytilgan.
Tramp ma’muriyati xodimlarning 10 foizi yoki 2 milliondan ortiq federal hukumat xodimlarining 200 mingga yaqini taklifni qabul qilishini kutmoqda. Trampning yuqori martabali amaldorlari kelishuv hukumatni 100 milliard dollargacha tejashi mumkinligini aytdi.
Taklifni qabul qilishga tayyor xodimlardan elektron pochtaga mavzu satrida “ishdan ketish” so‘zi bilan javob berish so‘ralgan. Taklif 30 sentyabrgacha bo‘lgan xodimlarning ish haqi va nafaqalarini o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHdagi davlat xizmati masalalarini o‘rganishga ixtisoslashgan Virjiniya universiteti dotsenti Reychel Augustin Potter The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati joriy yil 20 yanvardagi farmoni doirasida 50 mingga yaqin davlat xizmatchisini ishdan bo‘shatishi mumkinligini aytgandi. Nashrning yozishicha, Amerika ma’muriyatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar allaqachon boshlangan – Trampning maqsadi AQSH federal hokimiyatining barcha organlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish va sodiq bo‘lmagan amaldorlarni o‘z tarafdorlari bilan almashtirish.
LiveBarchasi
Trenddagilar


