Tramp hokimiyatni o‘z maqsadlariga erishish vositasi sifatida ko‘radi – Obama

Olam

image

Oq uyning sobiq rahbari Barak Obama AQSH o‘z tarixida Kamola Harris prezident bo‘ladigan yangi sahifaga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u kecha, 20 avgust kuni Chikagoda (Illinoys shtati) Demokratik partiyaning Milliy konvensiyasida so‘z ochdi.

“Amerika yangi bobga, o‘z tarixi uchun yaxshiroq hikoyaga tayyor”, degan u yig‘ilganlarga.

Obama Harrisni tasvirlab, uning katta banklar faoliyatidagi jinoiy ishlar hamda bolalarning jinsiy zo‘ravonlikka uchrashiga qarshi kurashgan prokuror sifatidagi faoliyatini esladi. Shuningdek, u demokratlarga Harris har bir amerikalik nomidan ishlashini va’da qildi.

Tramp “xavfli”

Obama, shuningdek, Harrisning respublikachi raqibi, sobiq prezident Donald Trampni “xavfli” ekanini aytdi.

“Haqiqat shuki, Donald Tramp hokimiyatni o‘z maqsadlariga erishish vositasi sifatida ko‘radi. U o‘rta sinfning yana bir katta soliq imtiyozlari narxini to‘lashini istaydi, bu asosan unga va uning boy do‘stlariga yordam beradi”, deydi u.

Obamaning ta’kidlashicha, tarix Jo Baydenni xavfli paytda demokratiyani himoya qilgan Prezident sifatida eslab qoladi. Obama, shu bilan birga, Bayden ma’muriyatining yutuqlari, jumladan, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi yutuqlarini eslatdi.

“Boshqa partiya shaxsga sig‘inishni odat qilgan bir paytda, bizga barqaror, odamlarni birlashtirgan va siyosatda eng kam uchraydigan narsani qilish uchun fidoyi bo‘lgan lider kerak edi: Bayden o‘z ambitsiyalarini chetga surib qo‘ydi va mana ishlarni qila oldi”, degan Obama.

Sobiq prezidentning rafiqasi, Mishel Obama ham AQSH prezidentligi uchun Kamola Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashini va u Amerika prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘lishga loyiqligini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning 44-prezidenti Barak Obama rafiqasi Mishel Obama bilan birgalikda joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mamlakat prezidentligi uchun saylovlarda demokrat, vitse-prezident Kamola Harris nomzodini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Barak Obama Kamola Harris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing