Tramp hokimiyatni topshirishga ko‘rsatma berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp hokimiyatni topshirish jarayonini boshlashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda u Twitter`dagi sahifasida yozgan.

U Umumiy xizmatlar ma’muriyatiga (GSA) va o‘zining jamoasiga hokimiyatni Demokratik partiya vakili Jo Baydenga topshirish uchun “kerakli ishlarni boshlashini” aytgan.

“Men Emili Myorfiga (AQSH Umumiy xizmatlar ma’muriyati – General Services Administration) sadoqati uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. U oxirgi vaqtlarga ta’qib, tahdid va haqoratlar girdobida qoldi. U va oilasiga, shuningdek, xizmat xodimlariga yomonlik qilishlarini istamayman.

Bizning ishlar yomon ketmayapti va shu ruhda davom etyapmiz, kurashishimiz kerak. Biz g‘olib bo‘lishimizga ishonaman. Shu bilan birga, mamlakat manfaati uchun Emeliga dastlabki protokollar bo‘yicha kerakli ishlarni boshlashini aytmoqchiman (hukumatni topshirish masalasi nazarda tutilmoqda). O‘z jamoamga ham shunday qilishni ko‘rsatma berdim”, degan Tramp.

Saylangan Prezident Jo Baydenning shtabi hokimiyatni topshirishning rasmiy jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Demokratik partiyadan nomzod Bayden g‘alaba qozonish uchun yetarlicha elektorat to‘plagan.

Tramp ham o‘z o‘rnida g‘alaba qozonganiga shubha qilmayapti. U o‘zining haqligini sud orqali isbotlamoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Jo Bayden

Baholaganlar

280

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing