Tramp Hindistonga nisbatan bojlarni keskin oshirmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Hindiston tomonidan Rossiya neftining xarid qilinishi sababli mamlakatga nisbatan bojxona tariflarini keskin oshirishini e’lon qildi. Bu haqda u bugun, 4 avgust kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Hindiston nafaqat Rossiyadan ulkan miqdorda neft xarid qilmoqda, balki bu neftning katta qismini ochiq bozorga qayta sotib, ulkan foyda ko‘rmoqda. Hindistonni Ukrainada Rossiya harbiy mashinasi tufayli qancha odam o‘layotgani umuman qiziqtirmaydi. Shu sababli, men AQSHga Hindiston tomonidan to‘lanadigan bojlarni keskin oshiraman”, deya yozgan Tramp. 

U bojlar qanchalik oshirilishi haqida aniq raqamlarni keltirmagan.

Qayd etish joiz, 1 avgustdan boshlab Vashington Hindistonga nisbatan 25 foizlik savdo bojlari joriy qilgan. Bu chora Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalari va savdo muvozanatsizligi bilan izohlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistondagi to‘rtta davlatga qarashli neftni qayta ishlash zavodi Rossiyadan neft xaridini to‘xtatgani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik, bir nechta manbalar Hindiston tahdidlarga qaramay Rossiya neftini xarid qilishni davom ettirishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Hindiston bojxona tariflari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing