Tramp Harris bilan teledebat o‘tkazishdan bosh tortdi
Olam
−
13 Sentabr
4957Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokrat raqibi Kamola Harris bilan ikkinchi teledebatda qatnashishdan bosh tortdi. Bu haqda Trampning o‘zi kecha, 12 sentyabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirdi.
Tramp Harrisni “jangda mag‘lub bo‘lgan bokschi”ga qiyosladi va go‘yoki “revansh jangini xohlayotganini” yozdi.
“So‘rovlar shuni yaqqol ko‘rsatmoqdaki, men radikal so‘l demokrat nomzod Kamola Harrisga qarshi bahsda g‘alaba qozonganman”, deydi Tramp.
O‘z postida respublikachi AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden va amaldagi vitse-prezident Harrisni mamlakatni “yo‘q qilganlikda” aybladi.
“Millionlab jinoyatchilar va ruhiy kasallar Qo‘shma Shtatlarga butunlay tekshiruv va nazoratsiz kirib keldi va inflyatsiya bizning o‘rta sinfimizni vayron qildi. Kamola so‘nggi deyarli to‘rt yillik davrda nima qilishi kerakligiga e’tibor qaratishi kerak edi. Uchinchi debat bo‘lmaydi”, deb xulosa qildi Donald Tramp Harris foydasiga saylovdan voz kechgunga qadar demokratlardan nomzod bo‘lgan Bayden bilan birinchi debatini o‘tkazganini inobatga olgan holda.
Kamola Harris, Tramp xabar berganidan ko‘p o‘tmay, mitingda so‘zga chiqib, “Menimcha, saylovchilar oldida yana bir debat o‘tkazish majburiyatimiz bor” dedi.
Birinchi Tramp va Harris debati 10 sentyabr kuni ABC telekanalida jonli efirda bo‘lib o‘tdi. Ularni 67 milliondan ortiq kishi tomosha qilgan. Munozaradan keyingi so‘rovlar Harrisning kam farq bilan g‘alaba qozonganini ko‘rsatmoqda. Ko‘pgina mutaxassislar bir xil fikrda. Biroq bu noyabrdagi saylov natijalariga qanday ta’sir qilishi hozircha aniq emas.
Vitse-prezidentlikka nomzodlar demokrat Timoti Uolz va respublikachi Jeyms Devid Vens 1 oktyabr kuni debat qilishga kelishib oldilar.
LiveBarchasi