Tramp HAMAS a’zolarini o‘ldirish bilan tahdid qildi

Olam

image

Agar HAMAS G‘azo sektorida odamlarni o‘ldirishda davom etsa, ularning barchasi yo‘q qilinadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi. 

“HAMAS G‘azo sektorida odamlarni o‘ldirishda davom etsa, ichkariga kirib, biz ham ularni o‘ldirishdan boshqa choramiz qolmaydi”, deya yozgan Oq uy rahbari.

Tramp aynan G‘azo sektoriga qaysi kuchlar kirishiga aniqlik kiritmagan.

9 oktyabrga o‘tar kechasi Tramp Isroil hukumati va HAMAS G‘azo mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSH taklif qilgan rejaning birinchi bosqichiga kelishib olganini ma’lum qildi. Falastinlik mahbuslar evaziga isroillik garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini qisman olib chiqib ketish bu rejaning birinchi bosqichini tashkil etadi. Netanyaxu idorasi Isroil hukumati HAMAS bilan kelishuvning birinchi bosqichini ma’qullaganini e’lon qildi. HAMAS ham rasman bu kelishuvni tasdiqladi va qiyin bo‘lsa-da, qurollarni tashlashga va’da berdi. 

Shundan so‘ng, 13 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Misrning Sharm-al-Shayx shahrida o‘tgan sammitda mintaqadagi boshqa rahbarlar – Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan birga G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvini imzolab, uni “juda muhim imzolash marosimi” deb ta’kidladi. HAMAS vakillari marosimda ishtirok etmadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Yaqin Sharqqa 200 nafar harbiy joylashtirishi haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik harbiylar bevosita G‘azo sektoriga kirmaydi. Markaz xodimlari o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi ijrosini nazorat qilish hamda G‘azoda fuqaroviy boshqaruv tizimiga o‘tish jarayoniga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp G'azo HAMAS Sharm-al-Shayx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing