Tramp ham Shimoliy Koreyani “yadroviy davlat” deb atadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyani “yadroviy davlat” deb atadi. Bu haqda u kecha, 20 yanvar kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.

Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uning Oq uyga qaytishidan xursand bo‘lishiga ishonishini aytdi. Amerika rahbari birinchi prezidentlik davrida u bilan KXDR rahbari o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilganini ta’kidladi.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Donald Trampning KXDRni “yadroviy davlat” deb atagan bayonotlariga izoh berdi. "Yonhap" agentligining xabar berishicha, vazirlikning rasmiy vakili Chung Xa Kyo Koreya Respublikasi Shimoliy Koreyaning to‘liq yadrosizlanishi tarafdori ekanini ta’kidlagan.

Qayd etish joiz, Shimoliy Koreyani “yadroviy davlat” sifatida tan olish munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin, chunki Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreyani yadroviy davlat sifatida rasman tan olmasdi. Ma’lumki, AQSH rasmiylarining aksariyati Pxenyan hukumatining "noqonuniy qurol dasturini tan olish va qonuniylashtirishdan qochish" uchun uni ochiqchasiga "yadroviy davlat" deb atashni istamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp tomonidan mudofaa vaziri lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Pit Xegset ham AQSH Senati Qurolli kuchlar qo‘mitasiga bergan bayonotida Shimoliy Koreyani global barqarorlikka tahdid soladigan “yadroviy kuch” deb ta’riflagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing