Tramp Habib-Getji jangini albatta ko‘rishini aytdi

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp saylov kampaniyasi doirasida Nevada shtatida nutq so‘zladi. Qatnashuvchilar orasida UFC rahbari Dana Uayt ham bor edi. Tramp UFC mavzusiga to‘xtalib, rossiyalik Xabib Nurmuhamedovni vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi jangchi deb atadi.

Siyosatchi Habib va amerikalik Jastin Getji o‘rtasida bo‘lishi kutilayotgan jangni tomosha qilishini aytdi.

"Getji birinchi raqamli jangchi bilan ulkan jang o‘tkazadi. Men uni tomosha qilaman. Jang saylovdan oldin, ish qizg‘in paytda o‘tkaziladi, lekin vaqt topaman. Bu aql bovar qilmaydigan jang bo‘ladi", degan Tramp. 

Habib Nurmuhamedov va Jastin Getji uchrashuvi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "Fight Island"da o‘tkaziladigan UFC 254'ning asosiy jangi bo‘ladi. Jang tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov 35 yoshga kirgandan keyin aralash yakkakurash (MMA) bo‘yicha karerasini to‘xtatmoqchi ekanligini aytgandi. 

Habib faoliyati davomida 28 bor jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Mag‘lubiyat alamini umuman totib ko‘rmagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

510

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing