Tracker piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib yubordi
3-sahifa
−
24 Sentabr 2024 5461 1 daqiqa
Kecha, 23 sentyabr kuni Samarqand viloyatida Tracker piyodalar yo‘lagidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:10 lar atrofida Samarqand shahar Afrosiyob ko‘chasida Tracker-2 rusumli transport vositasi haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2012 yilda tug‘ilgan velosipedchini urib yuborib, YTH sodir etgan.
Oqibatda velosipedchi tan jarohati olib Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida BYD 9 yoshli o‘quvchini urib yuborishi oqibatida qiz vafot etgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025