Tojikiston va Qirg‘iziston uchinchi marta o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi

Olam

image

Tojikiston va Qirg‘iziston ikki sutkada uchinchi marta chegaradagi otishmalarni to‘xtatish bo‘yicha sulhga erishdi. Bu safargi kelishuv qancha vaqt yashashi noma’lum.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatining xabariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da tomonlar o‘t ochishni to‘xtatdi.

Ayni vaqtida Samarqandda bo‘lib turgan Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Imomali Rahmon va Sadir Japarov Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan keyin uchrashuv o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston harbiylari Qirg‘iziston bilan chegaradagi yana bir qancha hududlarni o‘qqa tuta boshladi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari muzokaralar o‘tkazdi va uning davomida chegaraning umumiy uchastkasida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Ikki davlat chegarasida vaziyat 14 sentyabr kuni keskinlashgan. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari chorshanba kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududidagi chegara hududiga kirib, “jangovar pozitsiyalarini egallagan”. Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan. Oradan bir necha soat o‘tib, Botken viloyatining Kak-Say va Paski-Ariq tumanlarida ham qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Kechqurun otishmalar to‘xtagan, qirg‘iz tomoni ikki nafar harbiy xizmatchi va uch nafar tinch aholi vakillari yaralangani haqida xabar bergan.

Chegaradagi otishmalarda hozirgacha Qirg‘iziston tomonidan 18 harbiy jarohatlangani va 15 yoshli qiz vafot etgani ma’lum. Tojikiston tomonidan bir nafar chegarachi halok bo‘lgan, uch nafari yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing