Tojikistonliklarga Rossiyaga bormaslik tavsiya qilinmoqda
Olam
−
27 aprel 2024
13193Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi respublika fuqarolariga vaqtincha Rossiya Federatsiyasiga bormaslikni tavsiya qiladi. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 26 aprel kuni Tojikiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sodiq Imomiy Rossiyaning respublikadagi elchisi Semyon Grigorev bilan so‘nggi bir necha hafta ichida Tojikiston fuqarolari Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini kesib o‘tishda duch kelgan qiyinchiliklarni muhokama qilgandi. Tojikiston tomoni fuqarolarining Rossiyaga kirishini asossiz rad etish holatlari keng tarqalib ketganidan” xavotir bildirdi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi kunlarda respublikaning yuzlab fuqarolari Orenburg viloyatiga kirish imkoniyatini Qozog‘iston-Rossiya chegarasida kutayotganini tasdiqladi. Bundan tashqari, vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonning ayrim fuqarolari Rossiya shaharlaridagi aeroportlarga yetib kelganlarida Rossiya Federatsiyasi hududiga kira olmayapti.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar