Tojikistondagi OTMga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun $3 200 olgan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
28 iyun 2022
3489Toshkentda fuqaroni Tojikistondagi Pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 3 200 AQSH dollari olgan firibgar ushdandi. Bu haqda Bosh prokutura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olmazor tumanida fuqaro Sh.J. boshqa bir fuqaro J.ni tanishlari orqali Tojikistondagi Pedagogika instituga o‘qishga kiritib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga 2-bosqichdan ko‘chirtirib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga esa Sh.J. fuqaro J.dan 3 200 AQSH dollari talab qilgan va pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi