Tojikistonda tug‘ilgan 6 nafar egizak vafot etdi

Olam

image

Avvalroq Tojikistonda birdaniga 6 nafar egizak dunyoga kelgani haqida xabar berilgandi. Bugun, 12 yanvar kuni egizaklarning barchasi vafot etdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xo‘jand tug‘ruqxonasi bosh shifokori Nuri Dadaboyeva barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vafot etganini tasdiqlagan.

“O‘limning asosiy sababi erta tug‘ilish va kam vazn bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, egizaklar 4 nafar qiz va 2 o‘g‘il bola edi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, tug‘ilgan vaqtda ularning sog‘lig‘i normal holatda bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston o'lim egizaklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing