Tojikistonda Ramazon hayiti qachon nishonlanishi aytildi

Olam

image

Tojikistonda Ramazon hayiti joriy yilning 2 may kuni nishonlanadi. Bu haqda bugun, 27 aprel kuni bo‘lib o‘tgan mamlakat Islom markazi Ulamolar kengashining yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Kengash qaroriga ko‘ra, hayit namozi Tojikistonning barcha shahar va viloyatlaridagi masjidlarda 2 may kuni ertalab soat 6:00 da o‘qiladi.

Tojikiston Respublikasi Ulamolar kengashi matbuot kotibi Afshin Mukimning ma’lum qilishicha, yig‘ilishda imom-xatiblarga bayram kunlarida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik bilan birga muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatishga aholini ham jalb etish tavsiya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing