Tojikistonda 8 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs bir umrga qamaldi

Olam

image

Tojikiston poytaxti Dushanbeda 8 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirgan shaxs bir umrga qamaldi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.

Voqea joriy yilning 3 iyul kuni sodir bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, qiz yo‘qolib qolgan va darhol ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda xabarlar tarqalgan. 

Joriy yilning 4 iyul kuni esa yo‘qolgan qizning xolasi jiyani o‘lik holda topilganini, biroq aniq ma’lumot bera olmasligini, chunki huquqni muhofaza qilish organlari tergov olib borayotganini aytgan. 

Aytilishicha, qizni oxirgi marta qarindoshlari hojatxonaga ketayotganida ko‘rishgan va u qaytib kelmagan. Ertasi kuni esa qizning jasadi bo‘laklarga bo‘lingan holda topilgan.

Qotillikni 30 yoshli Rahmatilla Gadoyev sodir etgani aniqlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan 3 oy o‘tgach jinoyatchiga nisbatan sud hukmi o‘qilgan. Tojikiston Jinoyat kodeksining 138-moddasi (voyaga yetmagan shaxsni zo‘rlash) va 104-moddasini (qotillik) qo‘llab, jinoyatchiga bir umr ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing