Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida yangi o‘tkazish punktlari ochiladi

Jamiyat

image

Rasmiy Toshkent va Dushanbe xalqaro ahamiyatga molik yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga kelishib oldi. Bu haqda Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkentda Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov mamlakatlar o‘rtasidagi bojxona hamkorligini mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.

Tomonlar Tojikiston-O‘zbekiston chegarasidagi "Bekobod" nazorat-o‘tkazish punkti faoliyatini yangilashga kelishib olgan. Bu o‘tish punkti Tojikistonning So‘g‘d viloyatidagi Spitamen tumanida joylashgan U orqali O‘zbekistonning Toshkent viloyatiga o‘tish mumkin. Qayd etilishicha, bu yerda oqimni qabul qilish o‘tkazuvchanligini oshirish zarur.

Bundan tashqari, suhbat davomida ikki davlatning tegishli tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirilgan. Tovar va mahsulotlarni tashishda bojxona xizmatlarining samarali faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda bojxona ko‘rigidan o‘tish tartibini tezlashtirish, chegara punktlarida avtotransport vositalarining to‘sib qo‘yilishining oldini olish masalasi ham ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing