Tojikiston O‘zbekiston bilan parvozlarni qayta tiklaydi
Jamiyat
−
18 iyun 2020
7338Avvalroq, O‘zbekiston tomoni Tojikistonga aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha xat yuborgani haqida xabar bergan edik. Tojikiston tomoni xalqaro parvozlarni bo‘yicha nihoyat bir qarorga keldi.
Unga ko‘ra, Tojikiston O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni joriy yilning 1 iyulidan tiklaydi.. Yo‘lovchilardan salomatligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomaga talab etiladi. Bu haqda Tojikistonning “Xovar” Milliy axborot agentligi xabar qildi.
Tojikiston 1 iyuldan boshlab O‘zbekistondan tashqari Birlashgan Arab Amirliklari bilan ham xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Tojikistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha shtab tegishli qarorni qabul qildi.
“Respublika shtabi qaroriga muvofiq, 1 iyuldan Birlashgan Arab Amirliklari va O‘zbekiston Respublikasi shaharlari yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro aviaqatnovlar ochiq bo‘ladi. Barcha yo‘lovchilar salomatligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart”, deyilgan xabarda.
Tojikistonning fuqaro aviatsiyasi agentligiga Rossiya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan aviaaloqani tiklash imkoniyatini o‘rganish va o‘z xulosasini Respublika shtabiga kiritish vazifasiga qo‘yilgan.
Tojikiston 20 martdan boshlab mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida barcha aeroportlarini yopgan edi. Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi parvozlar esa 16 mart kuni to‘xtatib qo‘yilgandi.
Ma’lumot uchun, 15 iyundan o‘zbekistonliklarga epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlarga ish va o‘qish uchun borishga ruxsat berildi.
LiveBarchasi