Tojikiston O‘zbekiston bilan chegarani ochish masalasini hal qilmadi

Olam

image

O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegarasi fuqarolarning erkin kirib–chiqishi uchun yopiqligicha qolmoqda. Tojikistonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabi O‘zbekiston bilan chegarani ochish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilmagan. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

“Biz kecha, 1 oktyabr kuni O‘zbekistondan ularning chegerani ochish maqsadida yo‘llagan rasmiy xabarnomasini oldik. Tegishli xatni Respublika shtabiga yubordik. Ayni vaqtgacha shtabdan javob olmadik”, deyilgan Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Tashqi siyosat idorasining ta’kidlashicha, pandemiya sabab chegarani ochish, undan o‘tish va cheklovlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi qarorni Respublika shtabi qabul qilyapti.

Nashr fuqarolar Tojikistonda prezidentlik saylovi o‘tkazilgach, chegaradan erkin o‘tishiga ruxsat berilishini taxmin qilgan. Tojikistonda saylov 11 oktyabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 oktyabrdan chegaralarni ochish va avval o‘rnatilgan barcha cheklovlar olib tashlash belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston chegara

Baholaganlar

545

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing