Tojikiston uchun Rossiyaga yaqinlashish asosiy strategiya – Imomali Rahmon
Olam
−
02 mart 2023
8868Bugun, 2 mart kuni ilk rasmiy tashrif bilan Tojikistonga borgan Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakat Prezidenti Imomali Rahmon qabulida bo‘ldi.
“Rossiya bizning muhim strategik hamkorimiz va ittifoqchimiz. Tojikiston-Rossiya munosabatlari barcha sohalarda yuqori rivojlanish dinamikasiga ega. Rossiya Tojikistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalar izchil kengayish tendensiyasiga ega. Biz xavfsizlik sohasida yaqindan hamkorlik qilamiz”, deydi Imomali Rahmon unga peshvoz chiqarkan.
Uning qayd etishicha, Tojikiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish Tojikistonning hozirgi siyosatida ustuvor o‘rinni egallaydi.
“Biz Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur sa’y-harakatlarni davom ettiramiz. Tashrifingiz natijalari ikki tomonlama munosabatlarimizga yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonchim komil”, deydi Tojikistonni qariyb 30 yildan beri boshqarib kelgan Rahmon.
O‘z navbatida, Rossiya Bosh vaziri qabul uchun Tojikiston rahbari minnatdorlik bildirib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomini yetkazgan.
Shuningdek, u, Rossiya Tojikiston bilan sheriklik, ittifoqchilik munosabatlarini chin dildan qadrlashi, bu tarixiy do‘stlik va qardosh xalqlarga bo‘lgan o‘zaro hurmat an’analariga asoslanishini aytgan.
“Prezident Vladimir Vladimirovich Putinning o‘tgan yilning iyun oyida Tojikistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha siz bilan barcha sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Va, albatta, Prezidentlarimiz qaror qilgan ishni bajarish hukumatlarga bog‘liq”, degan Mishustin.
LiveBarchasi