Tojikiston “Tolibon” hukumatini tan olmoqchi emas. Dushanbening muddaosi nima?

Olam

image
Komilov Afg‘oniston yakkalanib qolmasligi bo‘yicha taklif berdi  north_east

Komilov Afg‘oniston yakkalanib qolmasligi bo‘yicha taklif berdi 

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin Tehronda bo‘lib o‘tgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning TIV rahbarlari yig‘ilishida nutq so‘zlab, rasmiy Dushanbening “Tolibon” tuzgan muvaqqat hukumatni tan olish imkoniyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Sputnik” yozmoqda

Uning aytishicha, Tojikiston Qobuldagi “Tolibon” hukumatini tan olmoqchi emas.

Tojikistonlik diplomatning ta’kidlashicha, Afg‘onistonning yangi hukumati butun xalq, jumladan, boshqa etnik guruhlar fikrini inobatga olmay, kuch bilan hokimiyatga kelgan.

“Tojikistonliklar yangi hukumatda o‘rin olishi kerak, chunki ular butun mamlakat aholisining 46 foizini tashkil qiladi”, deydi Sirojiddin Muhriddin.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda inklyuziv hukumat yaratish talabi mintaqa davlatlari, jahon hamjamiyati, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning “Tolibon” oldiga qo‘ygan asosiy shartidir. Mamlakatdagi yangi hukumat nafaqat etnik tarkibiy qism jihatidan xilma-xil bo‘lishi, balki turli siyosiy kuchlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.

Qayd etish kerakki, “Tolibon” vakillari Moskva formatidagi maslahatlashuvlar chog‘ida tuzilgan hukumat allaqachon inklyuziv ekanligini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarining birinchi uchrashuvi 8 sentyabr kuni onlayn tarzda o‘tkazilgan edi. Tadbirda Xitoy, Eron, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari ishtirok etdi. Bu galgisi yuqori qayd etilganidek Eronda bo‘lib o‘tmoqda. Keyingisiga esa Xitoy, allaqachon, mezbonlik qilish istagini bildirgan. 

Ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston pozitsiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, rasmiy Toshkentning Afg‘onistonda toliblar tuzgan muvaqqat hukumatni tan olish niyati bor. Xususan, respublika Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bir qator rus OAVga bergan intervyusida “Tolibon” tuzgan hukumatni tan olish masalasi kun tartibida turganini, biroq toliblar Afg‘onistonda terrorizmga qarshi kurashish haqidagi va’dalarini bajarishi kerakligini ta’kidlagan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

374

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing