Tojikiston respublikada Xitoy harbiy baza qurayotganini rad etdi

Olam

image

Xitoyning Tojikiston hududida harbiy bazasi yo‘q, bu masala ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibida emas. Bu haqda Tojikiston  Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Xitoyning Tojikiston hududida harbiy baza qurgani haqidagi ba’zi ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga kelsak, ular asossiz ekanligini ma’lum qilmoqchimiz. Bu masala Tojikiston-Xitoy muzokaralari kun tartibida bo‘lmagan va yo‘q”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Telegraph” nashri Xitoy Tojikiston hududida o‘n yildan beri yashirin harbiy baza qurayotganini xabar bergandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tojikiston Xitoy harbiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing