Tojikiston “Krokus” teraktida ayblanayotganlarning qiynoqqa solinishini qoraladi
Olam
−
12 aprel
1330122 mart kuni Moskva viloyatida sodir etilgan teraktni tergov qilishda Rossiya huquq-tartibot idoralari xalqaro huquq normalari va tamoyillariga, shuningdek, qonuniy talablarga, ayniqsa aybsizlik prezumpsiyasi, qiynoqlar va shafqatsiz muomalalarni taqiqlash qoidalariga amal qilishi shart. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Minskda bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Muhriddinning so‘zlariga ko‘ra, ochiq axborot maydonida terrorchilik harakati sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgan holda hibsga olingani aks etgan tasvirlarni ko‘rsatishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
"Bunday yo‘l bilan olingan iqrorlarning narxi hammaga yaxshi ma’lum", deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, vazir noto‘g‘ri o‘ylab topilgan axborot kampaniyasi oqibatida Tojikiston fuqarolari va tojikistonliklarga nisbatan salbiy fikr shakllanayotganini qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u MDH davlatlarining axborot makonida xorijiy davlatlar fuqarolariga nisbatan nafrat, ksenofobiya va irqchilik muhitining shakllanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Muhriddinning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston “Krokus”dagi terakt yuzasidan tergov xolis va adolatli bo‘lishini kutmoqda.
"Hamma jazolanishi kerak: tashkilotchilar, aybdorlar, sheriklar va bu dahshatli jinoyatga buyurtma berganlar", deb ta’kidladi vazir.
Ma’lumot uchun, “Krokus Siti Holl”ga hujum qilishda gumon qilingan to‘rt nafar Tojikiston fuqarosi teraktning ertasiga Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan. Ulardan birining qo‘lga olingani tasvirida uning qulog‘ining bir qismi qanday kesilgani ko‘rsatilgan. Keyinroq internetda yana bir gumonlanuvchining jinsiy a’zolariga elektrodlar ulab, elektr toki urishi bilan qiynoqqa solingani aks etgan suratlar ham paydo bo‘ldi.
Qamoqqa olish chorasini tanlash bo‘yicha sud majlisida ayblanuvchilar hibsga olish vaqtida bo‘lmagan qiynoqqa solish va kaltaklash alomatlari bilan paydo bo‘lgan. to‘rt nafar ayblanuvchidan biri hushsiz holatda sudga keltirilgan.
LiveBarchasi