Tojikiston qo‘shni davlatlardan soliq olmoqchi
Olam
−
22 fevral 2020 18198 1 daqiqa
Tojikiston Respublikasi qo‘shni davlatlardan suv resurslaridan foydalanganlik uchun tovon puli olishiga umid qilmoqda. Bu haqda kecha, 21 fevral kuni mamlakat Energetika va suv resurslari vazirining o‘rinbosari Jamshid Shoimzoda parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Vazir o‘rinbosari aytishicha, sobiq ittifoq davrida suv resurslaridan foydalangan davlatlar gaz, benzin va boshqa resurslar orqali Tojikistonga soliq to‘lashgan. O‘rinbosar, hozirda bunday mexanizm yo‘qligidan afsusda ekanligini bildirdi. Shuningdek, u kelgusida Tojikiston va qo‘shni davlatlar o‘rtasida iliq munosabatlar o‘rnatilishi bilan bir qatorda bu borada ijobiy siljishlar bo‘lishiga umid bildirdi.
Shoimzodaning ta’kidlashicha, Tojikiston Markaziy Osiyo suv resurslarining 65 foizidan ortig‘ini "ishlab chiqaradi".
Nurulloh Sharipov
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr