Tojikiston ham Rossiyani neft mahsulotlari yetkazib beruvchi asosiy davlat bilyapti

Olam

image

Tojikiston uchun zarur bo‘lgan neft mahsulotlarining katta qismi Rossiyadan keladi. Bu haqda bugun, 4 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining energetika forumida respublika Energetika va suv resurslari vaziri o‘rinbosari Sorbon Xolmuhammadzoda ma’lum qildi. 

“Bugungi kunda Rossiya Tojikistonning yoqilg‘i-energetika kompleksidagi asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Ikki tomonlama kelishuvlar doirasida har yili respublikamizga neft mahsulotlarining salmoqli qismi Rossiya Federatsiyasidan yetkazib berilmoqda”, deydi vazir o‘rinbosari. 

Tojikiston bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning birinchi yarmida Rossiya Federatsiyasidan neft mahsulotlari importi umumiy hajmning 85% dan ortig‘ini tashkil etgan bo‘lib, shu davrda 451 ming tonnadan ortiq import qilingan, bu 2022 yilning shu davriga nisbatan deyarli 100 ming tonnaga ko‘pdir.  

Xolmuhammadzoda Tojikiston mintaqa davlatlari bilan neft mahsulotlarini import qilish va ortib borayotgan ichki talabni qondirish masalalarida faol hamkorlik qilayotganini bildirgan.

“Neft mahsulotlari importi bo‘yicha birinchi to‘rtlikka Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston ham kiradi”, deya aniqlik kiritdi u.

Eslatib o‘tamiz, ushbu forumda ishtirok etgan O‘zbekiston Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmedxo‘jayev Rossiya O‘zbekistonning energetika sohasidagi asosiy hamkorlaridan biri va eng yirik investori ekanini aytdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston ShHT Energetika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing