Tojik-qirg‘iz mojarosi: Rahmon chegaradagi uylarni tiklash uchun muhlat berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tojik-qirg‘iz chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlar natijasida vayron bo‘lgan tojikistonliklarning uylarini davlat byudjetidan qayta qurishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Axmadzoda ma’lum qildi.

So‘g‘d viloyati rahbarining takidlashicha, Prezidentning topshirig‘iga binoan chegaradagi uylarni tiklash masalasini hal qilish uchun ishchi shtabi tuzilgan.

“Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro natijasida vayron bo‘lgan barcha uylar davlat hisobidan bir oy ichida to‘liq tiklanadi. Qisman buzilgan uylar ham yaqin kunlarda ta’mirlanadi va jabrlanganlarga va qurbonlarning oilalariga moddiy yordam ko‘rsatiladi”, degan viloyat rahbari Rajabboy Ahmadzoda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Isfara shahrining uchta jamoatida 14 ta turar-joy binolari butunlay vayron bo‘lgan, 2 ta uy va 1 ta yordamchi inshoot qisman buzilgan. Shuningdek, Ovchi, Kalacha qishlog‘i hududidagi o‘rta ta’lim muassasasi binosi va bitta uy qisman zarar ko‘rgan.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi ziddiyat natijasida yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasining So‘g‘d viloyati bo‘yicha rahbariyati, Isfara shahri va Bobojon G‘ofurov tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha komissiyasi bilan birgalikda Isfara shahridagi Surx, Vorux, Chorkux jamoatlari va Ovchi qishlog‘ining buzilgan uylarini tekshirmoqda.

Sardor Nurmatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

318

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing