Tojik-qirg‘iz chegarasidagi otishmada 20 dan ortiq kishi jarohatlandi

Olam

image

Tojik-qirg‘iz chegarasidagi otishmada ikki kishi halok bo‘lgan, Qirg‘iziston tomondan 11 kishi, Tojikiston tomondan esa 10 kishi jarohatlangan. Bu haqda ikki mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitalari chegara qo‘shinlari Matbuot markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qirg‘iz tomonidagi to‘qnashuvda tinch aholi vakillari va harbiylardan qurbonlar bo‘lmagan, 11 nafar harbiy xizmatchi jarohat olgan, ular shifoxonaga joylashtirilgan. 

Tojikiston tomonidan esa 10 kishi yaralangan, ulardan 6 nafari harbiy xizmatchi va 4 nafari tinch aholi vakili bo‘lgan.

“Tojikiston tomonida tinch aholi orasida qurbonlar bor. Xo‘jai A’lo aholisidan 1986 yilda tug‘ilgan Obidjon To‘ychiyev o‘z hovlisida minomyot portlashi oqibatida halok bo‘lgan. Isfara shahridagi tez tibbiy yordam haydovchisi, 1964 yilda tug‘ilgan Abdulatif Sharipov ham Xo‘jai A’lo qishlog‘i aholisini qutqarish chog‘ida qirg‘iz tomonidan otilgan mina portlashi oqibatida halok bo‘ldi”, deyiladi Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari Matbuot markazi bergan ma’lumotda.

Avvalroq, qirg‘iz-tojik chegarasida harbiylar o‘rtasida otishma bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Keyinchalik, tojik-qirg‘iz chegarasi hududida otishma Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari va Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng to‘xtatilgani aytilgandi.

Shuningdek, Tojikiston shimolidagi So‘g‘d viloyatining Isfara shahri hududida Tojikiston va Qirg‘iziston vakolatli organlari vakillari uchrashuv o‘tkazdi, tomonlar ikki Respublika chegarasida yuzaga kelgan mojaro sabablarini o‘rganmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing