Toj Mahalda ona va bola xonasi ochiladi
Olam
−
22 may 2019
5277Agra shahridagi Toj Mahal tarixiy binosiga har yili tashrif buyuradigan sayyohlar qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lishni istaydi. Misol uchun ko‘plab oilaviy sayyohlar ona va bola xonasi bo‘lishini xohlashadi.
Hindiston arxeologiya boshqarmasi majmua hududida sayyohlarga qo‘shimcha qulaylik sifatida ona va bola xonasini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Shtat rasmiylarining xabariga ko‘ra, birinchi marotaba ochiladigan ona va bola xonasida har qanday oilaviy sayyoh o‘zini xuddi uyidagidek erkin his etishi va farzandlarini oziqlantirishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Toj Mahal majmuasi Zahiriddin Muhammad Boburning avlodi Shoh Jahon tomonidan rafiqasi Mumtoz Mahalga atab qurilgan.
Yigirma yildan ortiq vaqt davomida qurilgan inshoatning maqbara va minoralari oq marmar bilan qoplangan. Yodgorlik sharqona naqshlar va Qur’on suralari bilan bezatilgan.
1983 yilda YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Toj Mahal dunyoning yetti mo‘’jizasidan biri sanaladi.
Go‘zallik, muhtasham va muhabbat timsoliga aylangan inshoat butun dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etadi. Toj Mahalni ko‘rish uchun har yili dunyoning turli davlatlaridan 5 million turist keladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15