Toyota vodorodli avtomobillarni ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
Texnologiya
−
07 fevral 2020
7633Yaponiya avtomobil giganti Toyota dunyodagi birinchi vodorodli avtomobilni ommaviy ishlab chiqarishni boshladi. Yangi Mirai sedani faqat vodorod bilan yuradi va zararli chiqindilar o‘rniga toza suv ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, avtomashina to‘la bak bilan 650 km yo‘l bosishi mumkin.
Toyota kompaniyasining yapon avtomobil zavodi o‘zining Mirai vodorod sedanini ichki bozorda sotishni boshlaydi.
Yaponiyadagi yangi avtomashinaning narxi taxminan 60 ming dollarni tashkil qiladi, shu bilan birga, hukumat ekologik toza sedanning xaridorlariga davlatdan 17 ming AQSH dollari miqdorida subsidiya olishini ma’lum qildi.
Mirai vodoroddan foydalanganligi sababli, unga maxsus benzin stansiyalari kerak. Avtomobilga yonilg‘i quyish jarayoni bir necha daqiqa vaqtni oladi. Shu bilan birga, 1 km ga yetadigan yonilg‘i narxi 0,1 dollar bo‘lishi kutilmoqda.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi