“Toyloqtumangaz” bo‘limi xodimlari qariyb 350 mln so‘mni “yeb yubordi”
3-sahifa
−
10 fevral
6498Samarqand viloyati Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Toyloqtumangaz” bo‘limi SUG xizmati xodimlari I.S., K.D., I.O. va F.A. o‘zaro til biriktirib, 2023 yilning oktyabr – noyabr oylarida imtiyozli narxda aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 million so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyati Termiz shahrida bosh hisobchi davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun ajratilgan yordam pullarini o‘zlashtirgani aniqlangandi.
LiveBarchasi