“Tovuqxonada ikkita xo‘roz bo‘lmaydi”. Laporta Mbappe haqida gapirdi
Sport
−
14:39 799 2 daqiqa
“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappening jamoaga ta’siri haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, jamoada yulduz futbolchilarning ko‘pligi har doim ham muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Bu haqda Laporta “L’Équipe” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Laportaning bildirishicha, jamoada bir nechta yetakchi futbolchining bo‘lishi har doim ham samara bermaydi.
“Men bu haqda avval ham aytganman. Tovuqxonada bittadan ortiq xo‘roz bo‘lishi mumkin emas. Bu hech qachon ish bermaydi! Futbolda eng muhimi – jamoa va jamoaviy ruh. Bularsiz hech qanday loyiha muvaffaqiyatli bo‘lmaydi”, deydi “Barselona” prezidenti.
Laporta “Barselona”ning kuchli jihatlaridan biri sifatida iqtidorli futbolchilar, “La Masiya” tarbiyalanuvchilari va turli futbol madaniyatlaridan kelgan o‘yinchilarni bir jamoaga birlashtira olganini qayd etgan.
“Barselona”ning kuchli jihatlaridan biri bizda ajoyib iqtidorlar, “La Masiya” tarbiyalanuvchilari va turli futbol madaniyatlaridan kelgan o‘yinchilar bor. Shunga qaramay, biz o‘zaro ajoyib hamjihatlikka ega jamoa tuzishga muvaffaq bo‘ldik. Bunga jamoani rivojlantirish ustida ishlayotgan ajoyib murabbiy va sport direktori tufayli erishdik. Boshqa tomondan, “Real Madrid” yirik transferlarni amalga oshirish va yulduz futbolchilarni sotib olish yo‘lini tanladi”, deydi Laporta.
Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe 2024 yilning yozidan buyon “Real Madrid” safida to‘p surmoqda. Fransiyalik hujumchi bunga qadar “Monako” va “Pari Sen-Jermen” klublarida o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kilian Mbappe jamoadan norozi ekanligi va 2027 yilda klubini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiRubioning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
16 Oktyabr