Mbappe “Real Madrid”ni tark etishi mumkin
Sport
−
10:51 550 1 daqiqa
Fransiya terma jamoasi va “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe 2027 yilda klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Daniel Riologa tayanib, “The Touchline” nashri xabar berdi.
“Agar Kilian Mbappe o‘zi istagan jamoa shakllanmasa, 2027 yilda “Real Madrid”ni tark etishi mumkin. Fransiyalik yulduzning madridliklar safidagi hozirgi mavqeidan norozi ekani borasida xavotirlar kuchayib bormoqda”, deydi jurnalist Daniel Riolo.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2024 yilning yozida “Pari Sen-Jermen”ni tark etgach, “Real Madrid” safiga qo‘shilgan edi. Fransiyalik futbolchi madridliklar bilan 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappening transfer qiymati 200 million yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda u “Real Madrid” safida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Madridliklar safidagi butun faoliyati davomida esa Mbappe 111 ta o‘yinda ishtirok etib, 94 ta gol urgan va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Live
Barchasi