“Tottenxem” murabbiyi tayinlanganidan bir oy o‘tmay ishdan bo‘shatilishi mumkin
Sport
−
07 mart 693 1 daqiqa
Angliyaning “Tottenxem” jamoasi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Igor Tudorni iste’foga chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Xorvatiyalik mutaxassis joriy yilning 14 fevral kuni jamoani qabul qilib olganidan buyon uchta o‘yin o‘tkazdi va ularning barchasida mag‘lubiyatga uchradi. London klubi “Arsenal” ga 1:4, “Fulxem”ga 1:2 va “Kristal Pelas”ga 1:3 hisobida yutqazdi. Ushbu uchrashuvlarda to‘plar nisbati 3:9 ni tashkil etmoqda.
Klub rahbariyati jamoaning natijalari hamda Angliya Premer-ligasidan tushib ketish xavfi ortib borayotganidan xavotirda. So‘nggi mag‘lubiyat esa “shporlar” rahbariyati orasidagi xavotirni yanada kuchaytirgan.
Shuningdek, klub yangi mavsumdan boshlab Roberto De Zerbi bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotgani aytilmoqda. Agar jamoa Premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolsa, ushbu variant muhokama qilinishi mumkin.
Ma’lumot uchun, De Zerbi joriy yilning fevral oyida “Marsel”ni tark etgan edi.
Live
Barchasi