“Tottenxem” “Barselona” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Fransiya terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Usmon Dembele tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchining xizmatlariga “Tottenxem” klubi qiziqish bildirmoqda. “Shporlar” Dembelening Kataloniya klubidagi o‘rnini faol ravishda kuzatib bormoqda. Fransiyalik futbolchini “Nyukasl” rasmiylari ham jamoaga taklif qilmoqchi.

24 yoshli futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, “ko‘k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi Dembelening shartnomasi iqtisodiy masala emasligini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, fransiyalik futbolchi dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanishi mumkin ekanini ham ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Dembele “Barselona” safida uchta o‘yinda maydonga tushdi va gol urishning uddasidan chiqmadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Tottenxem Dembele Transfer

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing