“Tottenhem” Sonning o‘rnini “Real” hujumchisi bilan to‘ldirmoqchi
Sport
−
06 avgust 10677 1 daqiqa
Angliyaning “Tottenhem” klubi yaqinda jamoani tark etgan Son Xyon Min o‘rniga “Real Madrid” hujumchisi Rodrigoni olib kelmoqchi. Klub braziliyalik vinger uchun 60 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rodrigo “Real Madrid”ni tark etishi mumkin. Son esa AQSHning “Los Anjeles” jamoasiga o‘tdi. Shunga ko‘ra, “Tottenhem” Rodrigo uchun 60 million yevrolik taklifni tayyorlamoqda.
Nashrga ko‘ra, Rodrigo hozirda qisqartirilgan mavsumoldi tayyorgarliklarini klub bilan davom ettirmoqda, ammo transfer oynasi yopilguncha uning kelajagi noma’lum.
Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi 2019 yilning yozidan buyon “Real Madrid”da o‘ynab kelmoqda va 270 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 68 ta gol urgan hamda 51 ta assist amalga oshirgan. U “Real” bilan uch marta La Liga, bir marta Copa del Rey va ikki marta Chempionlar Ligasini yutgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum yakunlangach, “Qirollik klubi”da bosh murabbiy almashdi. Jamoaning afsonaviy murabbiyi Karlo Anchelottining iste’fosi e’lon qilinib, klub sobiq yarim himoyachisi Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Nodir Shukurov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr