“Tottenhem” futbolchisi Janubiy Koreya armiyasida xizmat qiladi

Sport

image

Londonning "Tottenhem" klubi futbolchisi Son Xyon Min Janubiy Koreya armiyasida bir oylik xizmat vazifasini o‘tab keladi. Bu haqda "Tottenxem" rasmiy sayti ma’lum qildi. 

Xabarga ko‘ra, Son joriy yilning aprel oyida xarbiy xizmat vazifasini o‘taydi va oradan bir oy o‘tgach, ya’ni may oyida Londonga qaytadi. "Shporlar" yarim himoyachisi mart oyining so‘nggi kunida Janubiy Koreya armiyasiga yetib borgan. Ayni paytda u koronavirus pandemiyasi sabab karantinda saqlanmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Son Xyon Min 2018 yili Janubiy Koreya Olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan va bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Eng qizig‘i, o‘sha musobaqaning yarim finalida Janubiy Koreya O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borgan va kichik hisobda g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenhem

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing