Totalizatorda yutqazgan 33 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ydi
3-sahifa
−
29 iyun 2022
14624Namanganda 33 yoshli erkak elektron qimor o‘yinida yutqazib qo‘ygani uchun o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 iyun kuni Norin tumani “Otbozor” MFY Mustaqillik ko‘chasida yashagan 1989 yilda tug‘ilgan N.A. (erkak, oilali, 1 nafar farzandi bor, avtomaktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan) uyining tom qismida o‘zini osib, vafot etgan.
Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda elektron qimor o‘yinida yutqazib qo‘ygani, shu bois oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqqani, oqibatda ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar bo‘lgani aniqlangan.
Marhumning o‘limi sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat bo‘yicha Norin tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.
LiveBarchasi