Toshkentning 5 tumanida vaqtincha suv bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining 5 ta tumanida vaqtincha ichimlik suvi bo‘lmaydi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati ma’lum qildi.

8 apreldan 9 aprel kuniga o‘tar kechasi poytaxt va Toshkent viloyatida kuchli qor yog‘ishi oqibatida ko‘plab daraxtlarning sinishi, elektr tarmoqlarida uzilishlar va ko‘plab quvurlarning shikastlanishi kuzatildi. Jumladan, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Toshkent XET” AJ korxonasiga qarashli “Qodiriya” podstansiyasida  ham 9 aprel kuni avariya sodir bo‘lganligi sababli elektr ta’minotida uzilish yuzaga keldi. Bu “Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasiga qarashli “Qodiriya” Bosh suv inshooti ish rejimiga ta’sir etib, o‘z navbatida shahrimizning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod tumanlarida to‘liq hamda Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida qisman ichimlik suv ta’minotida uzilishlar va ichimlik suv bosimi pasayishiga sabab bo‘ldi.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasi xodimlari tomonidan ayni paytda zarur barcha tezkor choralar ko‘rilmoqda va bugun soat 18:00 ga qadar tarmoqdan uzilgan iste’molchilar qayta ulanishi ko‘zda tutilmoqda. 

“Toshkent shahar suv ta’minoti” korxonasi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

ichimlik suvi

Baholaganlar

409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing