Toshkentning 3D xaritasi va 2GIS yaratildi

Jamiyat

image

Toshkentda avtomobil navigatori va tashkilotlarning ma’lumotnomasi jamlangan shaharning 3D formatidagi xaritasi  2GIS ishga tushirildi.
Xaritaga 217 mingdan ortiq binolar kiritilgan, shuningdek, 35 mingta tashkilot, ularning faoliyat turi, ish tartibi, xizmat turlari va boshqa ma’lumotlar jamlanib, kiritilgan.

2 GIS foydalanuvchiga ko‘plab qulayliklarni taqdim etadi. U orqali siz kafe va restoranlardagi narx-navo, eng yaqin dorixona, sog‘lomlashtirish markazlari yoki mehmonxona haqida ham ma’lumot olish mumkin.

Shuningdek, 2GISni tayyorlagan mutaxassislar ko‘p qavatli uylarning 37 mingta kirish yo‘laklari haqida ham ma’lumot to‘plab, loyihaga kiritganlar. Bu esa biror manzilni izlayotganlar uchun qulay bo‘lib, ular uy va xonadon raqamiga ko‘ra, qaysi yo‘lakka kelishlari lozimligini bilib olishi mumkin.

Umuman, 2GIS foydalanuvchiga istalgan manzilga yetib borishda yaxshi yo‘l ko‘rsatkich vazifasini bajara oladi. Agar siz uning mobil ilovasini o‘z tlefoningizga yuklab olsangiz, yo‘l davomida yo‘l belgilari, ko‘chalardagi to‘siqlar haqida ham ogohlantiradi, shuningdek, boradigan manzilga olib boruvchi bir necha yo‘nalishlarni ko‘rsatadi.
Shuningdek, dastur orqali yo‘nalgan manzilingiz qancha masofada joylashgani, uning atrofida qanday ob’ektlar borligini ham bilish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent xaritasi

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing