Toshkentning yangi tumani bo‘yicha yer solig‘i uchun zonalar belgilandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi tomonidan “Yangihayot tumanining yer solig‘i to‘lash stavkasi bo‘yicha zona chegaralarining sxemasi va tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 158-son qaror qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi hujjatlar qabul qilindi:

•    Toshkent shahar Yangihayot tumani hududining yer solig‘i to‘lash stavkasi bo‘yicha zona chegaralarining sxemasi;
•    Yangihayot tumanida yer solig‘i to‘lash stavkasi bo‘yicha zona chegaralarini aniqlash.

Qabul qilingan qaror munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar DSB va Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga bir oy muddatda:

•    Toshkent shahar hokimining “Yer solig‘i to‘lash stavkasi bo‘yicha zona chegaralarining sxemasi va tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 162-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif taqdim etish;
•    mazkur Qaror qabul qilinishi munosabati bilan hujjatlarga belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritish topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq er Yangihayot

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing