Toshkentning yana bir tumanida issiq suv ta’minoti uzildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 17 avgust kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi. Bu haqda poytaxt issiqlik ta’minoti operatori Veolia Energy Tashkent o‘zining Telegram`dagi rasmiy kanalida xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, tumandagi ba’zi hududlarda issiq suv ta’monoti tarmoqning zulfinlaridagi avariyaviy ta’mirlash ishlari tufayli faqat bir kun – bugun o‘chiriladi. Unga ko‘ra, issiq suv yetkazib berish quyidagi manzillarda vaqtincha to‘xtatildi:
•  S-2, S-4, S-5, S-6 mavzelari;
•  “Niyozbek yo‘li”, “Osiyo”, “Arifov”, “Amir Temur” ko‘chalari (qisman).

Ma’lumot uchun, ta’mirlash ishlari tugallanishi bilanoq issiq suv yetkazib berish qayta tiklanadi (bugun soat taxminan 23:00 gacha).

Eslatib o‘tamiz, kecha 2-IM qozonxonasida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Mirzo Ulug‘bek tumanining ba’zi hududlarida issiq suv ta’minoti 5 kunga o‘chirilishi haqida xabar berilgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing