Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi tiklanadi 

Jamiyat

image

Toshkent hokimligida ishchi guruh poytaxtning qadimiy 12 darvozasini tiklashga kirishdi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘zida o‘n ikkita qadimiy darvozadan ikkitasi qayta tiklanadi. 

Mutaxassislar batafsil konsepsiya bilan ishlashni faollashtirish zarurligini muhokama qilgan. Darvoza aniq tarixiy ko‘rinishda qayta tiklanishi va’da qilinmoqda, buning uchun tajribali tarixchilar va arxeologlar jalb qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, Toshkent XIX asr o‘rtalariga qadar hudud yoki yo‘nalishning qadimiy nomi bilan atalgan 12 ta darvozali qal’a devori bilan o‘ralgan bo‘lgan: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Komolon, Beshyog‘och, Qo‘ymas, Qo‘qon va Qashqar. Darvozalarning har birini Toshkentga kelgan savdo karvonlaridan soliq yig‘uvchi soqchilar qo‘riqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

349

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing