Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi
Jamiyat
−
18 aprel 2019
5184Toshkent shahridagi ichimlik suvi tarmoqlarida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Chilonzor va Yakkasaroy tumanidagi ayrim mahalla va ob’ektlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Quyida ta’mirlash ishlari olib boriladigan manzilgohlar va tamirlash sanasini keltiramiz:
18 aprel kuni 9:00dan 19 aprelgacha bir sutka davomida Chilonzor tumanidagi “Charx Kamolon-1”, “Charx Kamolon-22, “Charx Kamolon-3” mahallalari, 22 mehribonlik uyi, Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, T.To‘la ko‘chasi 16, 18 uyda hamda Olmazor ko‘chasidagi 2 uyda;
18 aprel saoat 23:00dan 19 aprel 9:00 gacha “Bo‘rijar”, “Mevazor”, “Yakka tut”, “Xirmontepa”, “Kichik Xirmontepa” va “Shuhrat” mahallalarida, Al-Xorazmiy va Mashrab ko‘chalarida, Chilonzor 19, 20 va 20A dahalarida;
18 aprel kuni 9:00dan 19 aprelgacha bir sutka davomida Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy, Rakatboshi ko‘chasi va Rakatboshi 3-9 tor ko‘chalarida, Sharshara ko‘chasi, tor ko‘chasi va berk ko‘chasida hamda “Turkiston” mehmonxona majmuasida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
LiveBarchasi