Toshkentning ikki tumani issiq suvdan uzib qo‘yildi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 8 avgust kuni Toshkent shahri Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Shimoliy Olmazor massivida issiqlik magistralidagi nosozliklarni bartaraf etish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli bugun, 8 avgust kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

•  Olmazor tumani: Shimoliy Olmazor, Sebzor, Jomiy, Taxtapul va O.Bobojonov ko‘chasi – jami 98 ta ob’ekt.
•  Shayxontohur tumani: S-12 va S-15 massivlari, Zulfiyaxonim ko‘chasi – jami 84 ta ob’ekt.

“Avariyaviy ishlar soat 21:00 ga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, issiq suv ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, poytaxt aholisini issiq suv bilan ta’minlovchi mas’ul kompaniya yuqoridagi manzillarda yashovchi fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avariya sababli poytaxtning Uchtepa, Chilonzor, Mirzo Ulugbek va Yunusobod tumanarida yashovchi fuqarolar ham vaqtincha issiq suvsiz qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent issiq suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made