Toshkentning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti o‘chirilishi kuzatiladi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
6044Toshkent shahar hokimligining xabariga ko‘ra, 5 iyun kuni soat 21:00 dan 6 iyun soat 17:00 ga qadar poytaxtning ayrim tumanlarida ichimlik suvi tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Shayxontohur tumanidagi quyidagi manzillarda ichimlik suvi ta’minoti o‘chirilishi va suv bosimining pasayishi kuzatiladi:
- Markaz-26 da joylashgan ko‘p qavatli uylar va korxonalar;
-1-sonli bolalar shifoxonasi;
- 242-sonli telefon tarmoqlari korxonasi (ATS) ;
- "Versal" to‘yxonasi;
- "Makro" supermarketi;
- Markaz-27 da joylashgan ko‘p qavatli uylar va korxonalar;
- 35-sonli poliklinika ;
- Markaz-28 da joylashgan ko‘p qavatli uylar va korxonalar;
- "Ilg‘or" MFY ;
- "Tinchlik" MFY
- Beruniy ko‘chasi
Bosim pasayadigan manzillar:
- Tinchlik ko‘chasi;
- "Tinchlik" tor ko‘chasi;
Olmazor tumani:
- B-1 mavzesi;
- Ohakchi ko‘chasi;
- Nurafshon ko‘chasi;
- Niyozova ko‘chasi;
- Farobiy ko‘chasi.
LiveBarchasi