Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalari yopiladi
Jamiyat
−
03 iyun 2023 8846 1 daqiqa
Joriy yilning 4 iyun kuni poytaxt Toshkent shahrining ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, bugun 3 iyun – Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan velomarafon o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan 4 iyun kuni soat 8:00 dan 11:00 ga qadar bir necha ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi.
Quyida mazkur ko‘chalar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:
- Abay ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasigacha;
- Olmazor ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasidan “O‘zbekiston” metro bekatigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi “O‘zbekiston” metro bekatidan Nukus ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
- Nukus ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasi kesishmasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘llarda transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr