Toshkentning asosiy ko‘chalaridan biri vaqtincha yopildi 

Jamiyat

image

Bugun, 3 noyabr kuni soat 00:00 dan 4 noyabr kuni soat 11:00 ga qadar Toshkent shahrida bir nechta ko‘cha vaqtincha yopildi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yo‘l ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan bugun, 3 noyabr kuni soat 00:00 dan 4 noyabr kuni soat 11:00 ga qadar Islom Karimov ko‘chasining Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi transport harakatlanishi uchun vaqtincha yopilgan.

“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qilamiz va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing