Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi ko‘prik vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
23 may
4491Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan ko‘prik transport vositalari harakati uchun yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, bu ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati kuzatilmoqda.
Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi "Anhor Lokomotiv" bog‘i va boshqa ob’ektlar bo‘ylab o‘tuvchi ko‘prik joriy yilning 25 mayigacha, shu kuni ham, transport vositalari harakati uchun yopilgan.
Hokimlik haydovchilarga ish vaqtida muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentdagi Qorasaroy va Nurafshon ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishmasigacha; Kichik halqa avtomobil yo‘li Nurafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Qorasaroy ko‘chasi bilan kesishmasigacha yo‘l 26 maygacha keng ko‘lamli ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari sababli yopilishi ma’lum qilingandi.