Toshkentning 2 ta tumanida gaz 2 kunga o‘chirildi

Jamiyat

image

Poytaxtning Yunusobod hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida rekonstruksiya, sozlash va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Unga ko‘ra, ushbu tumanlar 30 oktyabr kuni 08:00 dan 31 oktyabr kuni soat 20:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzildi. 

Yunusobod tumanining quyidagi hududlarida gaz o‘chirildi:

• Yunusobod-2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-dahalari;
• “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo‘rg‘on”, “Turkiston”, “Bobodehqon”, “Obod” mahallalari qisman;
• Moyqo‘rg‘on, Registon, Mirzaahmedova ko‘chalari hamda ToshGRES mitti tumanidagi xonadonlar.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanlarida joylashgan quyidagi ulgurji iste’molchilar ham gazdan vaqtincha uzilgan:

• 1-sonli qozonxona;
• “Yunusobod metan”, “Edem” bolalar uyi, “Drim gaz”, “Xubit gaz”, “Laziz savdo”, “Aleks Ploya biznes”, “Delyuks trans servis”, “Nak Absolyut” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS);
•  “Deutsche Kabel AG”, “Toshkent fayz agro”, “Macro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;
•  “New Medical Services” klinikasi;
• 19-daha ro‘parasidagi maishiy xizmat majmuasi.

Bildirilishicha, Yunusobod tumanining ba’zi manzillarida gaz bosimining pasayishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining 4 ta tumani tabiiy gaz ta’minotidan vaqtincha uzib qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent Yunusobod Mirzo Ulug'bek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing