Toshkentning 2 ta tumani gaz ta’minotidan uzildi

Jamiyat

image

Poytaxtimiz hududlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan bugun, 16 noyabr kuni 2 ta tumanda gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, bugun soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Chilonzor tumanidagi quyidagi manzillar gaz ta’minotidan uziladi:
• “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma” mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylar va yerli xonadonlar;
• Yuqorida keltirilgan mahallalarda joylashgan 38 ta ulgurji iste’molchi.

Uchtepa tumanida esa ushbu manzillarda ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi:

• “Tepaqo‘rg‘on”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Ko‘xna Cho‘ponota”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylar;
• Yuqorida keltirilgan mahallalarda joylashgan 105 ta ulgurji iste’molchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq poytaxtning Yunusobod hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida rekonstruksiya, sozlash va ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent Chilonzor Uchtepa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing